1

O`zbekiston – Janubiy Koreya: ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi

Siyosat 13.11.2020, 19:30
Teglar: O`zbekiston – Janubiy Koreya
O`zbekiston – Janubiy Koreya: ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i M.Mamatxonov, Koreya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi konsulining birinchi kotibi Xo In Cu va Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O`zbekistondagi “EPS” markazi direktori Song Sang Jing o`rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda joriy yil yanvar oyidan boshlab Koreya Respublikasidagi korxonasidan mehnat ta`tili olib, O`zbekistonga kelgan fuqarolarimizni ushbu davlatdagi ish joyiga qayib borishini ta`minlashga doir masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasiga ko`ra, ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanishi, shundan so`ng ta`tilga va ish joyini almashtirib kelgan fuqarolarimiz o`z ish joylariga to`g`ridan-to`g`ri kirib borishi ma`lum qilindi, deya xabar beradi.

Hozirgi kunga qadar ishchi vizasiga ega fuqarolar tranzit aviareyslar orqali mustaqil ravishda Koreya Respublikasiga jo`nab ketish uchun urinish holatlari aniqlanmoqda. Natijada o`zlariga iqtisodiy zarar etkazmoqda.

Uchrashuvda ushbu harakatlar sababli ularning o`zi ham, boshqa fuqarolar ham Koreya Respublikasiga kirib borishini yanada kechiktirishi hamda salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida eslatib o`tildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1