AsosiyDunyo

Ukraina Sog`liqni saqlash vaziri: "O`ta ehtiyotkor bo`lishimga qaramay, koronavirus yuqtirib oldim"

'Ukraina Sog`liqni saqlash vaziri: "O`ta ehtiyotkor bo`lishimga qaramay, koronavirus yuqtirib oldim"'ning rasmi

14 noyabr kuni Ukraina Sog`liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov o`zida COVID-19 aniqlanganini aytdi. U bundan avval mamlakatda koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekord o`rnatilganini ma`lum qilgandi, deb xabar bermoqda manbalarga tayanib Tarjumon.

«Bu urush. Virus har kuni ko`plab ukrainlarning hayotiga zomin bo`lmoqda» dedi Stepanov televizion bayonotida.

Stepanovning aytishicha, Ukrainada o`tgan sutka davomida COVID-19 bilan kasallanish bo`yicha rekord natija qayd etilib, 12 524 kishiga koronavirus tashxisi qo`yilgan. Bundan oldingi eng yuqori ko`rsatkich 11 787 nafarni tashkil qilgandi. Bugungi kunga kelib Ukrainada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 525 176 kishiga, qurbonlar soni esa 9508 kishiga etdi.

45 yoshli Stepanov Telegramda shunday izoh qoldirdi: «Ehtiyot bo`lishimga va barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilganimga qaramay, mening bugun COVID-19 ga topshirgan testim musbat natjani ko`rsatdi».

Stepanov masofadan ishlashni davom ettirishini aytgan. Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham koronavirusga chalingandi. U ayni paytda kasalxonada davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar