AsosiyDunyo

«Hozirgacha mamlakatimizda koronavirus bilan hech kim kasallanmagani “katta muvaffaqiyatdir» – Gurbanguli Berdimuhamedov

'«Hozirgacha mamlakatimizda koronavirus bilan hech kim kasallanmagani “katta muvaffaqiyatdir» – Gurbanguli Berdimuhamedov'ning rasmi

14 noyabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Ahal viloyatidagi yangi qurilgan virusli kasalliklar shifoxonasini ochib berar ekan, o`z mamlakatida hozirgacha koronavirus bilan hech kim kasallanmaganini alohida ta`kidladi va buni “katta muvaffaqiyat” deb atadi.

«Olib borilgan profilaktika choralari natijasida mamlakatimizda shu kungacha koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi», – dedi Berdimuhamedov.

“Berdimuhammedov tomonidan ochilgan yangi shifoxona 200 o`rinli bo`lib, u virusli gepatit, nafas yo`llarining yuqumli kasalliklari va havo tomchilari orqali yuqadigan kasalliklarni davolashga qodir», deb xabar berdi Neutral Turkmenistan`ga tayanib Tarjumon.

Bugungi kunda dunyoda koronavirus etib bormagan mamlakatlar soni juda oz qoldi. Juda qattiqqo`llik bilan boshqariladigan Turkmaniston va Shimoliy Koreya mamlakatlari ham rasman koronavirusdan holi hudud hisoblanadi. Bundan tashqari Tinch okeanidagi bir nechta orol davlatlarda ham COVID-19 aniqlanmagan.

Shu yilning iyul oyida JSST vakillari epidimiologik holatni o`rganish uchun Turkmanistonga tashrif buyurishgandi. JSSTning Evropadagi favqulodda vaziyatlar bo`yicha katta xodimi Ketrin Smolvud ushbu tashrif chog`ida turkman hukumatiga «mamlakatda COVID-19 mavjuddek» harakat qilib, choralar ko`rishni tavsiya qilgandi.

Turkmaniston hukumati 2021 yilgacha mamlakat chegaralarini chet elliklar uchun yopib qo`ydi, shu bilan birga, ibodatxonalar, barcha restoranlar va aksariyat do`konlarning 1 dekabrga qadar ishlashini taqiqladi. Shuningdek, 1 yanvarga qadar mahalliy yo`lovchi poezdlari va shaharlararo avtobuslarning qatnovi cheklandi. Turkmaniston sog`liqni saqlash vazirligi iyul oyida «changning yuqori konsentrasiyasi» va «patogenlar» tufayli fuqarolarga niqob taqishni tavsiya qilgan.

    Boshqa yangiliklar