AsosiyDunyo

Filippindagi bo`ron Vetnamga ham etib keldi

'Filippindagi bo`ron Vetnamga ham etib keldi'ning rasmi

Yakshanba kuni Vamko nomli bo`ron Vetnamga etib keldi. Oqibatda, kamida 5 kishi jarohatlandi va binolar vayron bo`ldi. Bundan avval Vamko bo`roni Fillippinda katta vayronagarchiliklarga sabab bo`lgandi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

OAV bergan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu bo`ron yakshanba tongida Vetnamga kelib urilgan. O`sha paytda shamol tezligi soatiga 90 kilometrgacha ko`tarilgan. Natijada, daraxtlar ildizi bilan erdan ajradi va uylar, maktab binolarining tomlari uchib ketdi.Shuningdek, yo`llar va ko`priklar yuvilib ketdi,  elektr ta`minoti uzildi va muhim bo`lgan oziq-ovqat ekinlari vayron bo`ldi. Shu sababli endi kamida 150 ming kishi oziq-ovqat etishmovchiligiga duch kelishi mumkin.

Ayni paytda Vamkoning kuchi kamayib bormoqda. Chunki, u Filippinda 155 kilometr soat tezlikda esgan bo`lsa, Vetnamda bu ko`rsatkich ancha pasaygan. Ammo,  davlat ommaviy axborot vositalari ushbu bo`ron Vetnamda ham katta zarar keltirgani haqida xabar bermoqda. Hozircha jarohatlanganlar va o`lganlar haqida batafsil ma`lumot berilmadi.

Vetnam hukumati qurbonlar sonini kamaytirish uchun bo`ron boshlanishidan oldin dengizga yaqin hududda joylashgan ettita viloyatdan qariyb 650 ming odamni balandroq va xavfsiz erlarga evakuasiya qilgan.

Vetnamda so`nggi olti haftadan beri bo`ronlar yuz bermoqda. Ular sabab er ko`chishi va suv toshqinlari yuzaga kelmoqda. Ushbu tabiiy ofatlar tufayli hozirgacha 159 ta odam halok bo`ldi va yana 70 kishi bedarak yo`qoldi.

    Boshqa yangiliklar