AsosiyDunyo

"Bu yil qish qiyin bo`ladi". COVID vaksinasi yaratuvchisi odamlar qachon normal hayotga qaytishini ma`lum qildi

'"Bu yil qish qiyin bo`ladi". COVID vaksinasi yaratuvchisi odamlar qachon normal hayotga qaytishini ma`lum qildi'ning rasmi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog`liq vaziyat yaqin oylarda yaxshilanmaydi, bu qish qiyin bo`ladi, chunki emlashlar COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar soniga sezilarli ta`sir ko`rsatishga ulgurmaydi. Germaniyaning BioNTech farmasevtika kompaniyasi asoschilaridan biri va rahbari Ugur Shaxin BBS bilan suhbatda bu haqda ogohlantirdi, deya yozmoqda rbc.ru.

Noyabr oyi boshida BioNTech va Amerikaning Pfizer kompaniyasi ular ishlab chiqarayotgan vaksina sinovlarda 90% dan yuqori samaradorligini ko`rsatgani va bu fond bozorlarida kotirovkalarning tez o`sishiga sabab bo`lganligini e`lon qilishdi.

Biroq, Shaxinning so`zlariga ko`ra, COVID-19 tarqalishi bilan bog`liq vaziyat yaqin oylarda yaxshilanmaydi.

"Bu qish qiyin bo`ladi", deb ogohlantirdi BioNTech rahbari, hatto eng yaxshi holatda ham, uning kompaniyasi etkazib berishni faqat shu yilning oxirida yoki kelasi yil boshida boshlashi mumkinligini va Evropa Ittifoqi aholisining kamida bir qismini emlash uchun zarur bo`lgan 300 million dozani ishlab chiqarish rejalashtirilganligini ta`kidladi. Biroq bu, faqat 2021 yil apreligacha.

Yozda COVID-19ni yuqtirish darajasi, Shaxinning so`zlariga ko`ra, tabiiy ravishda kamayadi, ammo keyingi kuzga qadar emlashni yakunlash kerak.

«Ishonchim komilki, shunday bo`ladi, chunki vaksinalar ishlab chiqaradigan bir qator kompaniyalar mavjud bo`lib, bizga etkazib berishni ko`paytirishga yordam beradi. Shunday qilib, kelasi yil biz odatdagidek qishlashimiz mumkin », deb va`da berdi Shaxin.

Uning ta`kidlashicha, hatto real sharoitda ham BioNTech va Pfizer tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning samaradorligi 90% emas, balki atigi 50% bo`lsa ham, bu COVID-19 pandemiyasi tarqalishining keskin pasayishini ta`minlash uchun etarli bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar