Yo`l harakati qatnashchilari «Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo`l belgilari, yo`l chiziqlarining talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yo`llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko`rsatmalarini so`zsiz bajarishlari shart. Bu haqda YHXBB xabar berdi. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128-modda (Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo`lkalaridan yurgizishi, yo`l belgilari va yo`l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi)siga ko`ra, haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo`lkalaridan yurgizishi, yo`l belgilari yoki yo`lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo`yilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 128³-moddasida, 128⁴-moddasining birinchi qismida, 128⁵, 128⁶va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib o`tish, yo`nalishli transport vositalari to`xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o`tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo`lovchilarga loyqa sachratishi — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — bazaviy hisoblash miqdorining to`rt baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo`ladi. |
17.11.2020 21:13
Yo`l belgilari yoki yo`lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo`yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik qanday?
