1

Surxondaryo: sayyor qabullarda qanday muammolar hal etildi?

Jamiyat 18.11.2020, 20:26
Teglar: Surxondaryo, sayyor qabul
Surxondaryo: sayyor qabullarda qanday muammolar hal etildi?

Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tashkil qilayotgan viloyat sektorlari rahbarlarining ommaviy qabullarida markazdan tortib, to olis-chekka hududlarda yashayotgan aholi qamrab olinmoqda. Jonli muloqotlarda joyida hal qilish imkoni bor masalalarga o`sha erning o`zida echim topilayotgan bo`lsa, ijrosi muayyan vaqt hamda mablag` talab etadigan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, nazoratga olinishi natijasida ularni ham bosqichma-bosqich hal qilishga erishilmoqda. 

Denov tumanidagi “Totuvli” va “Iftixor” maqhallalari aholisini ham shu muammo qiynab kelardi. Ikki mahallani bog`lab turgan katta anhor ustidagi eski ko`prik qurilganiga 78 yil bo`lgan. Hudud aholisi shu yil avvalida bo`lib o`tgan ommaviy qabulda bu muammoga echim so`ragach, masala tegishli dasturlarga kiritildi. Natijada uzunligi 42 metr, eni 12 metrli ulkan ko`prik qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Shu yilning fevral oyida viloyatning eng olis nuqtalaridan biri – Oltinsoy tumanining “Vaxshivor” mahallasida o`tkazilgan viloyat hokimining ommaviy qabulida tog`li qishloq aholisi ko`prik muammosiga amaliy echim so`ragan edi. Sababi – “Vaxshivor” mahallasi hududidagi “Lalmi” va “Qo`sharcha” qishloqlari aholisi mahalla markaziga borish uchun uchun 5 km. yo`lni aylanib o`tishga majbur edi. Murojaatdan so`ng vaqtinchalik foydalanib turish uchun uzunligi 50 metr bo`lgan osma ko`prik qurildi. Endi 100 nafardan ortiq aholi, shuningdek, maktab o`quvchilari avvalgidek 5 km masofani aylanib, yurmasdan ushbu ko`prik orqali Vaxshivor markaziga borib-keladigan bo`ldi. 

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan Oltinsoy tumanining “Sayrak” va Denov tumanining Jamatak mahallalarida tashkil etilgan navbatdagi ommaviy qabullarda fuqarolarni o`ylantirib kelayotgan ana shunday masalalarga echim izlandi. 

Oltinsoyning Sayrak mahallasidagi muloqotlarda elektr, suyultirilgan gaz, ichimlik suvi ta`minoti, yo`llarni ta`mirlash bilan bog`liq qator muammolarga echim topildi. Deylik, Oltinsoy tumani “Mingchinor” mahallasidagi mavjud transformator 1970 yilda o`rnatilgan bo`lib, allaqachon foydalanish muddatini o`tab bo`lgan edi. Aholi soni oshib, xonadonlar kengaysa-da, elektr energiyasi bilan bog`liq muammo muammoligicha qolgan edi. Murojaatdan so`ng mahalla ahli uchun 160 xo`jalikka mo`ljallangan yangi transformator o`rnatib berildi. 

Xuddi shunday murojaatlar asosida “Sayrak” qishlog`ida elektr energiyasi bilan bog`liq muammolar hal qilinadigan, tomorqalarni sug`orish uchun barqaror oqar suv bilan ta`minlanadigan, “Chinor” mahallasida esa 2021 yilgi dastur asosida yangi maktab barpo qilinadigan bo`ldi. Xidirsho qishlog`idan qabulga kelgan Soatmo`min Abdusattorovning murojaati asosida qishloqqa 2 km. ichimlik suvi tarmog`i tortilib, 30 ta xo`jalik obi-hayot bilan ta`minlanadigan bo`ldi. 

Sayrak qishlog`ida o`tkazilgan ommaviy qabulda hududdagi Sayrak, Ovchi, Xidirsho, Jobu, Dug`oba, Ipoq, Mo`minqul, Obshir, Chinor kabi o`ndan ziyod dasht, tog`oldi va tog`li qishloqlar aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. O`ndan ziyod murojaatchilarga viloyat shifoxonalarida davolanishlari uchun imtiyozli yo`llanmalar berildi. 

Shu erning o`zida aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko`rsatildi. Deylik, Zulayho Ochildieva 15 yoshga to`lgan bo`lsa-da haligacha tug`ilganlik haqidagi guvohnomaga ega emas edi. Sayyor qabulda bu muammo o`rganilgach, shu erning o`zida hal qilib berildi. 

Denov tumanidagi “Chim” mahalla fuqarolar yig`inining “Jamatak” mahallasida davom ettirilgan ommaviy qabulda Xalq qabulxonasi va viloyat sektorlari rahbarlariga murojaatlarda asosan ichki yo`llarni ta`mirlash, elektr ta`minoti, ichimlik suvi, suyultirilgan gaz etkazib berish, bog`cha va ko`priklar qurish, bank kreditlari va tomorqa ajratish kabi dolzarb masalalar kun tartibiga qo`yildi. 

Muloqotlar davomidagi murojaatlar asosida Denov tumanining Namuna mahallasidagi ichimlik suv minorasi, “Chim” mahallasida esa ichki yo`llar ta`mirlanadigan, eskirgan simyog`ochlar yangi beton ustunlarga almashtiriladigan bo`ldi. Mengali Oripovning murojaati asosida esa shu yil oxiriga qadar “Qovunlisoy” mahalla fuqarolar yig`inida yangi tashkil qilingan qishloqqa transformator o`rnatilib, elektr tarmog`i tortiladigan, ichimlik suv minorasi qurib beriladigan bo`ldi. 

Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi Oltinsoy va Denov tumanlarida tashkil qilgan ommaviy qabullarda 228 ta masala bo`yicha murojaatlar ko`rib chiqilgan bo`lsa, ularning qariyb 120 tasiga joyida echim topildi. Qolgan murojaatlarni hal qilish bo`yicha aniq muddat va mas`ullar belgilanib, nazoratga olindi. 

Sharhlar

Surxondaryoda 32 yoshli yigit bedarak yo`qolgan

20.04.2024, 22:05

Surxondaryoda 32 yoshli yigit qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan (ruhiy...
"Ertaga nima bo`ladi, bilmayman. Bular tinch qo`yisharmikin..." Surxondaryolik maktab direktori yana qamab qo`yilgani aytilgach, vazir o`zi aloqaga chiqdi (video)

04.08.2023, 11:17

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyati hokimi ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda Sariosiyodagi 29-maktab direktori Umida Tursunova bilan bog`liq holat keskin muhokamalarga sabab bo`ldi.Unda direktor ayol...
Surxondaryolik 10 yoshli qiz Ispaniyada xalqaro tanlovda oltin medalni qo`lga kiritdi

27.07.2023, 10:12

10 yoshli surxondaryolik o`quvchi Ispaniyada bo`lib o`tgan xalqaro tanlovda barchani hayratga solib, oltin medal sohibiga aylandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.  Ma`lum qilinishicha, joriy...
Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1