AsosiyDunyo

Olimlar odamlarda keksayish jarayonini kislorodli terapiya bilan sekinlashtirish mumkinligini aniqladilar

'Olimlar odamlarda keksayish jarayonini  kislorodli terapiya bilan sekinlashtirish mumkinligini aniqladilar'ning rasmi

Isroillik olimlar odamlarda keksayish jarayonini kislorodli terapiya bilan sekinlashtirish mumkinligini aniqladilar, deb yozadi "Kommersant". Unga ko`ra,  Tadqiqotchilar 64 yoshdan oshganlarni haftasiga besh kun davomida 90 daqiqa davomida giperbarik bosim kameralariga joylashtirdilar. Ma`lum bo`lishicha, ko`ngillilarda vaqt o`tishi bilan telomeralarning uzunligi (hujayraning bo`linishi paytida genomni saqlashga mas`ul bo`lgan xromosomalarning qismlari) ortgan. Ma`lumki, telomeralar yosh o`tishi bilan kamayadi. Sof kislorod telomer uzunligini 20% ga oshirdi. Ishtirokchilarning telomeralari hozirda 25 yil oldingi kabi uzunlikka erishmoqdalar. Shuningdek, bemorlarda hujayralarni qayta tiklash jarayoni 37 foizga yaxshilandi, bu hayotni uchdan bir qismidan ko`prog`iga uzaytirishi mumkinligini anglatadi.

Boshqa yangiliklar