Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonning To`rtko`l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o`ldirib ketilgani haqida tarqaldi. «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu hodisani tasdiqlagan.
Ma`lum qilinishicha, shu yilning 29 noyabr kuni ertalab to`rtko`llik 79 yoshli S. D.ning (ayol) murdasi qotillik alomatlari bilan o`z xonadoni mehmonxonasidan topilgan. Shuningdek, voqea joyida ayolning 22 yashar nabirasi (qiz bola, talaba) tan jarohatlari (o`tkir tig`li jism bilan tanasiga bir necha marta urilgan) bilan yotgani ham aniqlangan.
Hozirda nabira kasalxonada. Unga etkazilgan jarohatlar darajasini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Holat bo`yicha qasddan odam o`ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda, deyiladi xabarda.