1

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan muloqot qildi

Siyosat 01.12.2020, 17:42
Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan muloqot qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar qildi Prezident Matbuot xizmati. 

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonning ko`p millatli xalqini davlat bayrami – Birinchi Prezident kuni bilan samimiy qutlab, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi. Amaliy hamkorlikka oid qo`shma loyiha va dasturlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Prezidentlar xalqaro kun tartibini, jumladan, shu oyda O`zbekiston Respublikasi raisligida bo`lib o`tadigan MDH sammitiga tayyorgarlik ko`rish masalalarini ham muhokama qildilar. Hamdo`stlik va boshqa mintaqaviy hamda global tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta`kidladilar.

Suhbat so`ngida qardosh mamlakatlarimiz o`rtasidagi keng ko`lamli hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomonning ham intilishi qat`iy ekani tasdiqlandi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti kuni munosabati bilan Nursulton Nazarboevni tabriklagani xabar qilingan edi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1