Avval xabar qilganimizdek, kecha, 1 dekabr kuni Pro liganing hal qiluvchi Superliga yo`llanmasini beruvchi so`nggi tur uchrashuvida Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z uyida Yaypanning «Turon» klubiga qarshi o`ynadi va imkoniyatni boy berdi. Shundan so`ng, maydonda katta tartibsizlik ro`y bergan.
Bugun, Farg`ona shahar ma`muriy sudi tomonidan O. Yusupov, S. Hikmatov, I. Tursunov, M. Akramov va Q. Mamajonovlarga nisbatan to`plangan ish materiali ko`rib chiqildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Yuzaga kelgan ommaviy tartibsizlik holati bo`yicha Jinoyat Kodeksning tegishli moddalari asosida 6 nafar shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Shuningdek, ommaviy tadbirlar o`tkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlanganligi bois, ular ma`muriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqbuzarlarga o`n besh sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga doir:
PFL direktori «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidagi hodisaga munosabat bildirdi