1

Tizimda 70 mlrd. so`m ish haqidan o`g`irlangan, 100 dan ortiq mas`ullarga chora ko`riladi — Xalq ta`limi vazirligi

Siyosat 02.12.2020, 20:51
Tizimda 70 mlrd. so`m ish haqidan o`g`irlangan, 100 dan ortiq mas`ullarga chora ko`riladi — Xalq ta`limi vazirligi

Joriy yil 2 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligida Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi faoliyati natijalari to`g`risida navbatdan tashqari Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur Hay`at yig`ilishida vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan amalga oshirilgan o`rganish ishlari natijasida tizimdagi ta`lim muassasalarida ish haqidan o`g`irlik, o`zlashtirish va ortiqcha to`lovlarga yo`l qo`yilganlik holatlari muhokama qilindi. Ma`lum bo`lishicha, tizimda o`tgan 11 oy davomida jami 69,8 mlrd. so`m ish haqidan o`g`irlik, o`zlashtirish va ortiqcha to`lovlarga yo`l qo`yilganlik holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, o`tkazilgan o`rganish natijalari bo`yicha:

84,3 mlrd. so`m ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar bo`yicha boshqa noqonuniy xarajatlar;

38,7 mlrd. so`m “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun talablariga zid ravishda amalga oshirilgan xaridlar;

24,1 mlrd. so`m xatlov natijasida aniqlangan kamchiliklar;

3,9 mlrd. so`m boshqa xato va kamchiliklar aniqlangan.

Shu davr mobaynida jami 220,8 mlrd. so`m (shundan Hisob palatasi, Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikda o`tkazilgan o`rganishlar natijasida 110,9 mlrd. so`m yoki 50,1 foiz) miqdoridagi moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

O`rganish natijalari bo`yicha rasmiylashtirilgan 396 ta holat bo`yicha 149 mlrd.so`mlik hujjatlar to`plami qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan. 

Shu bilan birga, amalga oshirilgan profilaktika ishlari natijasida 135 mlrd.so`mlik moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olingan va bartaraf etilgan. 

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasi bo`yicha o`tkazilgan Hay`at qarori bilan moliyaviy xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan 100 nafardan ortiq mas`ul xodimlarga tegishli intizomiy choralar ko`rilishi, o`zlashtirilgan mablag`larni undirilishi yuzasidan tegishli choralar ko`rish bo`yicha ko`rsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1