1

“G`ijduvon EIZ” rahbari Buxoro tumaniga hokim etib tayinlandi

Siyosat 03.12.2020, 10:05
“G`ijduvon EIZ” rahbari Buxoro tumaniga hokim etib tayinlandi

Bugun, 3 dekabr kuni Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Sessiyada so`z olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar xususida alohida to`xtaldi. Jumladan, tumanda sektor rahbarlari biriktirilgan hududlarda ishlarni etarli darajada tashkil qilmaganligi, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq idoralari rahbarlari sektor rahbari sifatida oldiga qo`yilgan vazifalarni va mas`uliyatini tushunib etmaganligi, o`z hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishga to`liq kirishmaganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, ta`kidlanishicha, tumanda kambag`al oilalardagi 4 ming 564 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning 4 ming 503 nafari yoki 98,7 foizining bandligi ta`minlangan bo`lsada, ularning 3 ming 279 nafari yoki jami bandlikning 72,8 foizi doimiy ish joyi bo`lmagan jamoatchilik va o`zini-o`zi band qilish yo`nalishlariga joylashtirilib, doimiy daromad manbaiga ega bo`lgan Investisiya hamda qurilish kompleksi yo`nalishlarida kambag`al fuqarolarning bandligini ta`minlash ishlari qoniqarsiz tashkil etilgan.

Shundan so`ng, sessiya ishida tashkiliy masala ko`rildi. Ayni paytga qadar "G`ijduvon" EIZ rahbari vazifasida ishlab kelgan Xayrullo Jo`raev Buxoro tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Qahramon Do`stov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1