AsosiyDunyo

Putin koronavirusga qarshi keng ko`lamli vaksinasiyani boshlashni buyurdi

'Putin koronavirusga qarshi keng ko`lamli vaksinasiyani boshlashni buyurdi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat vakillari bilan o`tkazilan videokonferens yig`ilishda shifokorlar va o`qituvchilar uchun kelasi hafta boshlanishi bilan keng miqyosli koronavirusga qarshi emlashni boshlash rejasini e`lon qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Putin mamlakatda koronavirusga qarshi 2 million dozaga yaqin vaksina ishlab chiqarilganligini aytib o`tgan. 

"Bu bizga keng miqyosli emlashni boshlash uchun imkoniyat beradi", deya  ta`kidlagan davlat rahbari. 

Qayd etilishicha, emlash dastlabki ikki muhim guruh - shifokorlar va o`qituvchilarni vasinasiya qilish bilan boshlanadi.

Yig`ilish davomida Putin Bosh vazir o`rinbosari Tatyana Golikovaga keyingi hafta oxiridan keng masshtabli emlashni boshlashni buyurgan.

Boshqa yangiliklar