1

Dehqon xo`jaliklariga 1 kub metr er uchun 40 so`m miqdorida yagona soliq stavkasi belgilandi

Siyosat 03.12.2020, 20:43
Dehqon xo`jaliklariga 1 kub metr er uchun 40 so`m miqdorida yagona soliq stavkasi belgilandi

“Resurs soliqlari va mol-mulk solig`ini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–6121-son, 03.12.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar qilmoqda.

 Farmonga ko`ra:

➖barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ularni utilizasiya qilish uchun ajratilgan er uchastkalari yuridik shaxslardan  olinadigan er solig`i uchun soliq solish ob`ektidan chiqariladi;

➖ dehqon xo`jaliklariga 1 kub metr uchun 40 so`m miqdorida yagona soliq stavkasi belgilanadi.

 Shuningedk, ko`chmas mulk ob`ektlarining bozor bahosiga yaqin bo`lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va er soliqlarini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etiladi:

➖birinchi bosqichda (2021–2023 yillar) – ko`chmas mulk bo`lgan turar-joy fondi ob`ektlari (kvartira, yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu ob`ektlar egallagan er uchastkalariga nisbatan;

➖ikkinchi bosqichda (2022–2024 yillar) – yashash uchun mo`ljallanmagan alohida ko`chmas mulk ob`ektlari, shuningdek, ushbu ob`ektlar egallagan er uchastkalariga nisbatan.

Bundan tashqari, foydalanishga ruxsat etilgan er uchastkalari turlari klassifikatorlari va ularga bo`lgan huquqlarni tugatish uchun asoslarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi Er kodeksi tayyorlanadi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1