Qozog`istonda haydovchilik guvohnomasi va avtomashinani boshqarish uchun ro`yxatdan o`tganlik guvohnomasini olib yurmaganlar uchun jarimani bekor qilish bo`yicha qonunning qabul qilinishi tezlashdi, deb yozdi Tengrinews.kz.
Ta`kidlanishicha, norma mashinalarni boshqarish huquqidan mahrum qilingan haydovchilarga taalluqli emas va faqat amaldagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lgan qozog`istonliklarga nisbatan qo`llaniladi.
Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Marat Kojaevning ta`kidlashicha, ushbu qonun kuchga kirgandan keyin haydovchilar shunchaki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan yursa kifoya, uning haydovchilik guvohnomasi bor yoki yo`qligi, mashinaning texnik ko`rikdan o`tgan yoki o`tmaganligi yo`l patrul inspektori tomonidan onlayn tekshiriladi.
«Biz barcha ma`muriy protokollarni ushbu shaklda tuzamiz va huquqbuzarlar haqida barcha ma`lumotlarni Ichki ishlar vazirligining ma`lumotlar bazalaridan olamiz", - dedi Kojaev Majlisning yalpi yig`ilishida.