1

Prezident bugun poytaxtimizning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi

Siyosat 04.12.2020, 11:25
Prezident bugun poytaxtimizning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi

Ushbu ulkan majmua O`zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Chunki mamlakatimizda qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelinardi.

Bu zavodda import o`rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotimizda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700 ga yaqin kishi ish bilan ta`minlanadi. Lekin turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o`rni yaratiladi.

Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan.

Prezidentimizning majmua ochilish marosimida ishtirok etishi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1