1

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya delegasiyasi bilan uchrashdi

Siyosat 04.12.2020, 13:17
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya delegasiyasi bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 dekabr kuni Toshkent metallurgiya zavodining ochilishiga bag`ishlangan tantanali tadbirlar doirasida Rossiya Federasiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegasiyani qabul ildi. Bu haqda Prezident.uz xabar berdi.

Davlatimiz rahbari poytaxt hududida amalga oshirilgan metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha yirik va zamonaviy korxonani tashkil etish loyihasi O`zbekiston va Rossiya kompaniya va banklari o`rtasidagi samarali hamkorlikning namunasi ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ushbu zavodning vujudga kelishi keyingi yillarda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikda jiddiy sifat o`zgarishlari kuzatilayotganidan ham dalolat beradi.

Denis Manturov samimiy qabul uchun O`zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda ustuvor qo`shma dastur va loyihalarning borishi ko`rib chiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Mashinasozlik, agrosanoat, farmasevtika, engil va oziq-ovqat sanoati, ko`plab boshqa tarmoqlarda yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda ikki mamlakatning etakchi korxonalari o`rtasidagi kooperasiya loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Sanoat kooperasiyasi loyihalarini, shu jumladan tashkil etilgan qo`shma Loyiha ofisi faoliyati doirasida har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularga hamrohlik qilish, shuningdek, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investisiyalarni ko`paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1