1

Maishiy chiqindilarni tashlaganlik uchun jarima miqdori oshirildi

Siyosat 05.12.2020, 10:18
Maishiy chiqindilarni tashlaganlik uchun jarima miqdori oshirildi

 Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to`kkanlik uchun to`lanadigan jarimalar miqdori oshirildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar qildi.

Qonunga kiritilgan o`zgarishlarga ko`ra:

  •   fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha (223 ming so`mdan 669 ming so`mgacha);  
  • mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha (2 mln 230 ming so`mdan 4 mln 460  ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi (ilgari bu miqdor fuqarolarga 111 500 so`mdan 669 ming so`mgacha, mansabdor shaxslarga esa 669 ming so`mdan 1 mln 115 ming so`mgacha edi).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1