1

Alisher Usmonov Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar etib tayinlandi

Siyosat 05.12.2020, 11:36
Alisher Usmonov Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar etib tayinlandi

Alisher Abrorovich Usmonov O`zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining raisi etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» hukumatdagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Alisher Usmonov 1964 yilda tug`ilgan. U ilgari Davlat xavfsizlik xizmati raisining o`rinbosari bo`lib ishlagan. 2007 yilda II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.

Avvalroq, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida 2020 yil mart oyidan beri ishlab kelayotgan Bahodir Toshmatov Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi o`rinbosari etib tayinlangan.

Shuningdek, Baxtiyor Islomov Prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari etib tayinlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1