1

O`zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo`lib o`tadi

Siyosat 10.12.2020, 17:07
O`zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo`lib o`tadi

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yilning 11 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Tadbir kun tartibidan O`zbekiston-Hindiston do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o`rin olgan.

Koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi oqibatlarini engib o`tishda yaqindan hamkorlikni davom ettirish masalalariga alohida e`tibor qaratiladi.

O`zaro savdo hajmini oshirish, transport aloqalarini rivojlantirish, qishloq xo`jaligi, energetika, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, sog`liqni saqlash, farmasevtika va boshqa tarmoqlarda kooperasiyani kuchaytirish hamda hududlararo muloqotlar, ta`lim va gumanitar almashinuvni faollashtirishga qaratilgan ustuvor dastur va loyihalarni ko`rib chiqish rejalashtirilgan.

Uchrashuv chog`ida ikki davlat etakchilari jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashadilar, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini muhokama qiladilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo`shma bayonot qabul qilinib, iqtisodiyot va innovasiyalar, moliyaviy-texnik ko`mak, bojxona ishi va savdoni texnik tartibga solish, kadrlar tayyorlash va qo`shma ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga doir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1