1

Senatning o`ninchi yalpi majlisi 18 dekabr kuni chaqiriladi

Siyosat 12.12.2020, 09:28
Senatning o`ninchi yalpi majlisi 18 dekabr kuni chaqiriladi

2020 yil 11 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati ma'lum qildi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib borgan majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ninchi yalpi majlisini 2020 yil 18 dekabr kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi. 

Videokonferensaloqa tarzida o`tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan.

“O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi, “Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko`rishning prosessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko`rishning prosessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Jinoyat ishlari bo`yicha sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Sud hujjatlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Shuningdek, 2020-2023 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar ijro etilishining borishi to`g`risidagi masala ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Kengash majlisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir namunaviy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida qaror qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1