AsosiySiyosat

Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrining Xonqa ko`chasida bunyod etilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi.

'Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrining Xonqa ko`chasida bunyod etilayotgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi.'ning rasmi

 Bu erda har biri 54 kvartirali to`rtta 9 qavatli turar joy qurilmoqda. Monolit usulida, energiyatejamkor qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilmoqda. Xonadonlar tayyor holda topshiriladi. Yaqin oylarda bu erga aholi ko`chib kelib, hudud zamonaviy mavzelardan biriga aylanadi.

Davlatimiz rahbari uyning shourumini kirib ko`rdi. Mebellar, muhandislik tarmoqlarining sifatiga e`tibor qaratdi. Ko`p qavatli uylarga malakali xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Shu erda Xorazmda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, xususan, Urganch shahridagi «Binary» xalqaro universiteti uchun yangi bino barpo etish, avtomobil yo`llarini ta`mirlash, ko`prik qurish, kommunal xizmatlarni yaxshilash bo`yicha loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Boshqa yangiliklar