1

WhatsApp messenjeri ishlamay qoldi

Hi-tech 26.01.2016, 12:18
WhatsApp messenjeri ishlamay qoldi

WhatsApp messenjeri bugun 26 yanvar kuni ishlamay qoldi, deb xabar beradi “TASS”.

Ma`lumotlarga ko`ra,messenjerdagi nosozlik bir qancha mamlakatlardagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga noqulaylik tug`dirishi mumkin. Xususan, messenjer AQSh, Hindiston, Malayziya va Kolumbiya kabi mamlakatlarda bugun ertalab soat 7:00 dan boshlab ishlamay qolgan. Bir soatdan keyin messenjer yana ishlay boshlagan. Tarmoqdagi uzilishlarning sabablari ma`lum emas.

Joriy yilning yanvar oyida WhatsApp messenjerining bepul bo`lishi haqidagi ma`lumotlar e`lon qilingan edi. Avval esa ijtimoiy tarmoqning ayrim foydalanuvchilaridan 0,99 dollar miqdorida abonent to`lovi ushlab qolinar edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1