1

Prezident yangi qarorni imzoladi

Siyosat 15.12.2020, 10:16
Prezident yangi qarorni imzoladi

“Pochta aloqasi xizmatlarini ko`rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi. 

Qaror bilan pochta aloqasi xizmatlarini ko`rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari belgilandi.

Unga ko`ra, jumladan:  

➖ pochta va kurerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda “yakuniy manzil” xizmati joriy etiladi;

➖ “Gibrid pochta” jo`natmalarini qabul qilish va etkazib berish xizmatlari soni 2 barobarga oshiriladi;

➖mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga etkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimi yaratiladi;

➖ respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo`limida, ayniqsa, olis va chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to`lovlar qabul qilish ikki barobarga kengaytiriladi hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko`rsatilishi yo`lga qo`yiladi;

➖ olis va chekka hududlardagi pochta bo`limida davlat xizmatlari ko`rsatilishi yo`lga qo`yiladi.

2021 yilda 42 ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) pochta aloqasi korxonalarini transformasiya qilish loyihalarini ko`zda tutuvchi “Yo`l xarita”lari amalga oshiriladi.  

Unga ko`ra:  

● 267 ta pochta aloqasi bo`limi binosi ta`mirlanadi;

● 110 ta bino davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko`rinishda qayta quriladi;

● 326 ta pochta aloqasi bo`limigacha 754 km optik tolali aloqa liniyalari tortiladi;

● 250 ta pochta aloqasi bo`limi zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta`minlanadi;

● 42 ta tuman pochta aloqasi bog`lamasida “Gibrid pochta” jo`natmalarini chop etish va unga ishlov bergan holda oluvchilarga etkazib berish yo`lga qo`yiladi;

● 230 ta pochta aloqasi bo`limida bank xizmatlari ko`rsatish yo`lga qo`yiladi;

● 55 ta qo`shimcha pochta aloqasi bo`limini ochish hisobidan 145 ta yangi ish o`rni yaratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1