1

Elektr energiyasi eng tanqis hududlar ma`lum qilindi

Siyosat 16.12.2020, 18:39
Elektr energiyasi eng tanqis hududlar ma`lum qilindi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida qish mavsumiga tayyorgarlikda yo`l qo`yilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazilmoqda.

Ta`kidlanganishicha, elektr energiyasi bo`yicha eng ko`p tanqislik Samarqandda sutkasiga – 1,6 million kilovatt-soat, Andijon, Farg`ona va Qashqadaryoda – 1,5 million kilovatt-soatdan, Namanganda – 1,3 million kilovatt-soatni tashkil etgan. Bu haqda uza.uz yozdi.

Eng ko`p uzilishlar Surxondaryoda – 7 soatgacha, Qashqadaryoda – 6 soatgacha, Farg`ona va Andijonda – 5 soatgacha, Samarqandda – 3 soatgacha, Buxoroda – 2 soatgacha kuzatilgan. Ushbu uzilishlarga asosan iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga talabi kundan-kunga oshib borishi, shuningdek, taqsimlovchi tarmoqlarning 60 foizi eskirgani sabab bo`layotgani qayd etildi.

Oxirgi 3  yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish bo`yicha mustaqillik yillarida amalga oshirilmagan ishlar bajarildi. To`raqo`rg`on va Taxiatoshda – 2 tadan, Navoiy va Toshkent issiqlik stansiyalarida – 1 tadan yangi energobloklar ishga tushirildi. Ushbu IESlarning umumiy quvvati 2  ming 280  megavattni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1