AsosiyJamiyat

Andrey Kubatinning opasi sud qarori ustidan apellyasiya berdi. U ma`naviy zarar qoplanishini talab qilmoqda

'Andrey Kubatinning opasi sud qarori ustidan apellyasiya berdi. U ma`naviy zarar qoplanishini talab qilmoqda'ning rasmi

Koronavirusdan vafot etgan sharqshunos olim Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarovaning aytishicha, sud talab qilingan 560 million so`m o`rniga 462 ming so`m miqdoridagi moddiy tovon puli to`lash to`g`risida qaror chiqargan. Shundan 446 ming so`m davlat boji to`lovi uchun, 16 ming so`m pochta xizmati uchun saqlab qolingan.  

Klara Saxarova sud qarori ustidan apellyasiya berdi va ma`naviy zarar qoplanishi uchun hujjatlar tayyorlamoqda.

Kubatin reabilitasiya qilinmaguniga qadar davlatga xiyonat qilishda ayblanib, 2,5 yil qamoqda o`tirib chiqqan edi.  

Uning opasi «Gazeta.uz»ga jinoyat ishi tafsilotlari, qiynoqlar va Zangiota kasalxonasidagi davolanish haqida gapirib berdi.

    Boshqa yangiliklar