1

"Yakunlanayotgan yil sinovlarga boy bo`ldi". Tanzila Narbaevа pandemiya davrida Senat faoliyati haqida gapirdi

Siyosat 18.12.2020, 11:22
"Yakunlanayotgan yil sinovlarga boy bo`ldi". Tanzila Narbaevа pandemiya davrida Senat faoliyati haqida gapirdi

Ayni daqiqalarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ninchi yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda. Unda Senat Raisi Tanzila Narbaeva o`z nutqida joriy yilda mamlakatimizda pandemiyaga qaramay, amalga oshirilgan ishlar hamda bu borada Senatning o`rni to`g`risida so`z yuritdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda. 

– Yakunlanayotgan yil sinovlarga boy bo`ldi, – dedi parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbaeva. – Pandemiya qanchalik qiyinchiliklar va noqulayliklar to`g`dirmasin mamlakatimizda islohotlar izchillik bilan davom etmoqda. Shu jumladan, Senat ham o`z ishini susaytirayotgani yo`q. Xususan, Konstitusiya va qonunlarda belgilangan vakolatlar hamda davlatimiz rahbarining yil boshida yangi saylangan parlament a`zolari bilan uchrashuvlarda, Oliy Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib bir qator ishlar amalga oshirildi. Parlament uchun ustuvor bo`lgan qonunchilik yo`nalishida yil boshidan beri 60 ga yaqin qonunlar ko`rib chiqildi.

Ahamiyatlisi, quyi palata tomonidan kiritilgan qonunlar shunchaki ma`qullanmasdan, ularning hududlar manfaatlariga qay darajada mosligi nuqtai nazaridan tanqidiy-tahliliy ko`rib chiqilmoqda. Senatga kelib tushgan qonun hududlardagi mahalliy Kengashlarda muhokama qilinmoqda, etuk olimlar, ekspertlar, tajribali amaliyotchilar va jamoatchilik vakillarining fikrlari ham inobatga olinmoqda. Ayni shunday yondashuv asosida joriy yilda 6 ta qonunning rad etilgani ham avval ishimizda deyarli kuzatilmagan holat ekanligini alohida qayd etish lozim.

Qolaversa, yangi amaliyot yo`lga qo`yilib bugungi kunga qadar
30 ga yaqin qonunlar tizimli tahlil qilinib, qonun osti hujjatlari bilan o`zaro nomuvofiqliklarni bartaraf etish, eski va bugungi kun talablariga javob bermaydigan normalarni yangilash bo`yicha takliflar ishlab chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1