1

Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Ilhom Ne`matov vazirlikni tark etmoqda

Siyosat 19.12.2020, 12:14
Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Ilhom Ne`matov vazirlikni tark etmoqda

2021 yil 1 yanvardan O`zbekiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Ilhomjon Ne`matov Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibining o`rinbosari vazifasini bajarishga kirishadi. Bu haqda  "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.

1992 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U tizimda Konsullik boshqarmasi bo`lim boshlig`i lavozimida ish boshlagan. Turli yillarda O`zbekistonning Hindiston, Rossiya, AQShdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo`yicha elchisi, tashqi ishlar vazirining o`rinbosari, birinchi o`rinbosari bo`lgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, O`zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi yuqori diplomatik martabasiga ega.

Ilhomjon Ne`matov MDH Ijroiya qo`mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1