1

Tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashish tartibi soddalashtiriladi

Siyosat 23.12.2020, 18:30
Tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashish tartibi soddalashtiriladi

“O`zbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi Hukumat qarori (800-son, 22.12.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

 Qarorga muvofiq, bojxona nazorati ostida avtomobil yo`llarida tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish hamda chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to`lovlari to`lanishini ta`minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida va interaktiv shaklda o`zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartiblari tasdiqlandi.

  Shunga ko`ra, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida bojxona hamrohligida, maxsus jihozlangan  avtomobillar yordamida kuzatib boriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jo`natuvchi hamda manzil bojxona postlarida, shuningdek, qabul qilish-topshirish punktlarida ustuvor tartibda amalga oshiriladi.  

Bojxona hamrohligida kuzatuvni amalga oshirishda tashuvchi, yuk jo`natuvchi yoki qabul qiluvchining sarf-xarajatlari bojxona organlari tomonidan qoplab berilmaydi.  

Bojxona hamrohligida kuzatib borilayotgan transport vositalari ichki ishlar organlarining blok-postlarida to`xtatilishi hamda tovarlarni ko`rish uchun avtomobilning yuk bo`lmasi ochilishi taqiqlanadi.

 Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to`lovlarini ta`minlash vakolatli shaxslar tomonidan elektron shaklda, onlayn taqdim etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1