1

Men sizlarday ko`zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman, cizlar shunga munosibsizlar — Shavkat Mirziyoev(foto)

Siyosat 26.12.2020, 08:58
Men sizlarday ko`zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman, cizlar shunga munosibsizlar — Shavkat Mirziyoev(foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston yoshlari forumiga yig`ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Toshkentdagi “Humo Arena” saroyiga kelganlar va hududlardagi ishtirokchilar o`z fikrlarini, taklif va mulohazalarini ochiq bayon etdi.

Davlatimiz rahbari barcha dolzarb tashabbuslarni qo`llab-quvvatlab, ular bo`yicha mutasaddilarga shu erning o`zida ko`rsatmalar berdi.

- Forum davomida sizlar bilan suhbatlashgan vazirlar menga savollaringni, fikrlaringni aytib berdi. Davlat idoralari rahbarlari yoshlarning muammolarini ota-ona bo`lib, yuragidan o`tkazib, tizimli shug`ullanmagani haqiqat. Endi hamma rahbarlar yoshlarning ovozini eshitadi, talablarini amalga oshiradi, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezidentimiz forum davomida bildirilgan fikrlar har tomonlama tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishini ta`kidladi.

– Men sizlarga bir sirimni aytaman: hududlarga borganda ko`proq yoshlar bilan uchrashishga, ular bilan gaplashishga harakat qilaman. Chunki men sizlarday ko`zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman. Sizlar shunga munosibsizlar, – dedi Prezident.

Forumda “Humo Arena” saroyiga kelgan 3 ming 300, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

– Bugun tarixiy uchrashuvimiz. Kelinglar, bu doimiy bo`lib qolsin. Xalqimiz mehr ko`zda degandek, bir-birimizga mehrimiz abadiy bo`lsin, – deya so`zini yakunladi Shavkat Mirziyoev.

Forum ishtirokchilarining mamlakatimiz yoshlariga murojaati qabul qilindi.

Ushbu forum, Prezident bilan muloqot mamlakatimiz yoshlariga ko`tarinki ruh, unutilmas motivasiya bag`ishladi. Tadbir yakunidagi konsert katta bayram shodiyonasiga aylanib ketdi.

Mavzuga doir:

Prezident yangi yilda yoshlarni qanday "tuhfalar" kutayotganini ma`lum qildi

"O`z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu..." Prezident yoshlarga katta motivasiya bag`ishlamoqda (foto)

2021 yildan eng yuqori ball bilan o`qishga kirgan 200 nafar talabaga maxsus Prezident granti beriladi

Muhtasham kutubxona barpo etamiz, unda jahondagi eng nodir asarlar jamlanadi — Shavkat Mirziyoev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1