1

Yangi yil haqidagi siz bilmagan qiziqarli faktlar (1-qism)

Mutolaa 31.12.2020, 08:28
Yangi yil haqidagi siz bilmagan qiziqarli faktlar (1-qism)

Mana bugun, butun dunyoda millionlab odamlar intiq kutadigan 31 dekabr — Yangi yil bayrami. Shu munosabat bilan bayramni nishonlash usullari va tarixi haqidagi qiziqarli faktlarni siz bilan bo`lishmoqchimiz.

  • Dastlabki Yangi yil bayrami miloddan avvalgi 45 yilda nishonlangan. Shu yilda Rim imperatori Yuliy Sezar 1 yanvarni milliy bayram deb e`lon qilgan. U “yanvar” nomini Rimning ikki yuzli eshiklar xudosi Yanus nomiga atab qo`ygan.
     
  • Archa bayram daraxti sifatida ilk marta XVII asr boshlarida Elzas shahrida bezatilgan. Elzas (bu shahar o`sha davrda Germaniyaning bir qismi bo`lgan, hozir Fransiyaga tegishli) shahri fuqarolari archa va sosna daraxtlarini rangli qog`ozdan yasalgan atirgullar, olma, pechenie, qand bilan bezatishgan.
     
  • Archaga osiladigan birinchi shisha o`yinchog`i Tyuringiya (Saksoniya)da yasalgan.
     
  • Rang-barang lampochkalardan iborat archa bezagi 1895-yili Amerikada yaratilgan.
     
  • 1 yanvarda yangi yilni qarshi olish haqida 1700 yili Rossiya shohi Petr I farmon bergan. Bunga qadar Rossiyada xristianlar yangi yilni 1 martda, boshqa dindagilar 1 sentyabrda nishonlagan.
     
  • 1949 yildan buyon 1 yanvar butun dunyoda  dam olish kuni hisoblanadi.
     
  • Fransiyada 755 yilga qadar yilning birinchi kuni 25 dekabr hisoblangan. Keyinchalik bu sana 1 martga ko`chirilgan. 1564 yili qirol Karl IX ning farmoniga asosan 1 yanvar yil boshi qilib belgilangan.
     
  • Eskimosliklar yangi yilni birinchi qor yoqqan kuni nishonlashadi.
     
  • Kubada yangi yildan bir kun oldin uydagi barcha idishlarni suvga to`latib, yangi yil kechasida suvlarni ko`chaga yoki hovliga sepib yuborishadi. Ular shu yo`l bilan gunohlardan forig` bo`lishga, yangi yilni gunohlarsiz qarshi olishga umid bog`lashadi. Shuningdek, kubaliklar yangi yilni «Qirol kuni» deb atashadi.
     
  • Gresiyada oila boshlig`i yangi yil kechasi ko`chaga chiqib anorni erga uradi. Aytishlaricha, atrofga qanchalik ko`p anor donalari sochilsa, kelayotgan yil shunchalik omadli bo`ladi.
     
  • Italiyada yangi yil kechasi uydagi eski kiyim, buyumlar, mebellarni ko`chaga uloqtirishadi.
  • Italyanlarda qancha ko`p eski buyum ko`chaga tashlansa, yil shuncha ko`p davlat hadya etadi degan faraz bor.
     
  • Qadimiy Vavilonda yangi yil bayrami bahor oyiga to`g`ri kelgan. Bayram kuni shoh saroydagi jami a`yonlarini olib shaharni tark etgan. Xalq esa tuni bilan ko`chaga chiqib yangi yil bayramini nishonlagan.
     
  • Ba`zi xalqlarda yangi yil arafasida odamlar eng ezgu orzusini qog`ozga yozadi va soat 00:00 ga bong urganda, qog`ozni yoqib yuborishadi. Qog`oz bong urish to`xtagunga qadar yonib bitsa, bu orzu albatta ushaladi, degan qarash mavjud.
     
  • Yangi yil arafasida tibetliklar ko`chadan o`tgan har bir odamga bir bo`lakdan pishiriq tarqatadi. Ular yangi yilning barakali kelishini tarqatilgan pishiriqlar soni bilan bog`lashadi.

    Risolat MAXSIMOVA 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1