Jurnalist Sardor Komilov 30 dekabr kuni o`zining Telegram kanalida bir aktrisa bilan bo`lib o`tgan voqea haqida gapirib, post qoldirdi. Luiza Rasulova mazkur post unga atalganligini aytib, o`zining Instagram sahifasiga ushbu postga javob tarzda olingan videoni joyladi, deya yozmoqda teznews.uz.
Sardor Komilov aktrisa bilan sodir bo`lgan voqeani yozib, quyidagicha post qoldirgan:
«Kuni kecha suratga olish jarayonida bir aktrisa bilan to`qnash keldim. Salom alikdan so`ng, mendan xafaligini aytib, shunday bir negativ bilan o`sha erdagi ommaga emagan rol o`ynab kettiki, xayratda qoldim. Emishki, oxirgi paytlar uni shaxsan men emas, meni yordamchilarim s`yomkaga yo ko`rsatuvga chaqirayotgani tegib ketibdi. ‘Xa, shuncha paytdan beri doim yordamchilarim qo`ng`iroq qilib chaqiradiku, xamma u yordamchilarim bilan mendanam yaqinku’ desam, ovozini balandlatib, yo`q sen meni Instagram’da ‘otpiska’ qilding va bunga sabab bir xonanda bilan chiqishmaganim deydimiey… Ketidan boshqa nereal sababni ro`kach qila ketdi, emishki so`nggi paytlar ayollar mavzusini ko`tarib tanqid qilayotgan ekanman… Bir yarim yildan beri telekanalda bo`lsam va saytda deyarli umuman ijod qilmayotgan bo`lsam deb, ayollarni mavzusi bu ‘Baxtlimiz’ ko`rsatuvimi, shu ayollar loyixam kanalda desam xiringlab, yo`q sen ayollarni tinch qo`ymaganingdan xamma aktrisalar sen bilan gaplashmay qo`ydi deydi deng!».
Shuningdek, u aktrisani keskin tanqid qilib, Dilnoza Kubaeva, Sitora Farmonova, Lola Eltoeva, Sevara Solieva, Madina Mumtoz, Asal Shodieva, Yulduz Rajabova kabi aktrisalarni unga o`rnak qilib ko`rsatgan:
«Kim gaplashmay qo`ydi, mana Dilnoza Kubaeva bilan biror martta san va manga bormadim, mana myuziklda xam ishlayapmiz desam vo-xo-xo-lab isterik kulgu qilib berdi xolos. Xo`p, aktrisalar gaplashmay qo`yibdimi? Gaplashayotganlarimga e`tibor beraylik avval:
Dilnoza Kubaeva, Sitora Farmonova, Lola Eltoeva, Sevara Solieva, Madina Mumtoz, Asal Shodieva, Yulduz Rajabova… Cen va sencifatlar kabi kimlarnidir qo`ynidan kimlalarnikigadir sakramagan, birovlar erlarini tortvomagan, to`nqayib ketini kameraga ko`rsatib rasmga tushishi bilan aslida tanilmagan. Aytishadiyu, eng muximi va bori ‘na pokaz’ bo`ladi deb, kimdir samimiy tabassumi, o`sha tabiiy kulguchi, fayzli nigoxi, epizodlari va emosiyalari bilan aziz. Yodda qolgan rollari bilan! Senlarchi? Qaysi bir roling bilan eslasharkin? Kecha yuruvding Chor-sudan arzon paralonni shiming ichiga amallab sig`dirib va arzon fotoshopda suratga tushgan fongacha surkatib ketingni kattalashtirib. Shu-da o`zi borliging! Shu sani kimliging va asosiyliging! Ayollar mavzusi kerakmidi senga? Mana endi xaqiqatdanam ol!
Aslida saytda ijod qilmay qo`yganimdan senlar quturdilaring, shilta shiptir ishtonlaring bilan sasiganlaring etmagandek endi boshlaringga kiyvordilaring! Unutmagin ey, o`sha Sayyodman! San va san kabi internetni ‘Qatortoli’ yulduzilari xursand bo`lib, tirikchiligingni qilib turvur jimligimdan foydalanib. Mani senga qo`ng`iroq qilmaganimmi, senlarni instada o`qimasligimmi tegib ketmasin. Tekkizsam suyaging sinmagunicha qo`ymiman bilasanlar! Skvoznyagingni qisib, kerakli tirikchiligingga ishlatib turvur, poka shunga qodirligingcha.
Ertaga yodda qolganing, kameraga qaratgan narsang bilan eslashadi, seni xolatingda bu rol va emosiya emas albatta, paralonli keting xolos! Shuning xam soxta qara! Yulduzlik o`lchamingdayam o`zligingdan ko`ra yasama paralon zvezdaroq sendan. Men bilan gaplashmas aktrisalarni esa avval shaxsiga qara, na bir tayinli oilasi bor va na turmushi. Xuddi sen kabi! Vay, manga bu obro`-ku san va sansifatlar man bilan gaplashmasligi! Nari borsa yollangan kuyov uchun oq ko`ylak kiyganlardir sen aytayotgan men bilan gaplashmas aktrisalar. Yuqorida men bilan gaplashadigan va faxr bilan yozgan aktrisalarni oilaviy axvolidan to rollariyu, xulqi va shaxs sifatida namuna ekani muxim!
Xamma aktrisalar sen bilan gaplashmay qo`ydi dema! Sen va sen kabi aktrisalar de, bu boshqa gap! Xalqni tupugi ostida qolingan aktrisalar! Chunki senlar kameraga nimaiki ko`rsatma tupukka arziydigan. Ayniqsa to`nqayganlaringdan keyin. Baribir tupuk-da uyam to`g`rimi? shu seni o`lchaming, narxing va borliging! Qisib yurgin o`v, kalta! Ana endi rostdanam gaplashmayman, yordamchilarimni yordamchisiyam endi tel qilmaydi ishon!»
Aktrisa Luiza Rasulova esa mazkur postga shunday javob qaytargan:
«Assalomu alaykum, hurmatli Sardor aka. Bu murojaatim sizga to`g`ridan to`g`ri etib boradi degan umiddaman. Sizga o`xshab qalam orqasiga berkinib, yoki Instagram’dan sherlik qilib, ayollar bilan urishib, ismimni hattoki yozmabsiz. Kimga tegishli ekanligi lekin menga etib keldi. Men sizga to`g`ridan-to`g`ri ismingizni aytib murojaat qilyabman. Ichingizda shuncha dardingiz bor ekan, nima uchun o`sha kuni meni ko`rib shuni aytmadinggiz. Nima uchun yuzimga aytmadingiz, qochib ketdingiz xotinlarga o`xshab. Agar shu nomusimga tegadigan gaplaringizni yuzimga aytganingizda men tarsaki tushirar edim, solardim aylantirib. Nima uchun aytmadingiz, erkaksiz-ku to`g`rimi?».
Shuningdek, u bo`lib o`tgan voqea haqida gapirib, Sardor Komilovdan nega hafa ekanligini ma`lum qilgan.
«Siz bilan anchadan buyon ko`rishmagan edik. O`tgan kuni ko`rsatuvga bordim va siz bilan ko`rishib qoldik. Xullas men sizdan hafa ekanligimni aytdim va sababini ham. Lekin shu kunga qadar kimgadir ‘men sardor akadan hafaman. Sababi mana shunaqa, sardor aka shunaqa yomonʼ, deb yomonlab, kimnidir ketidan aytmaganman. Buni o`zingiz ham bilasiz. Men mard ekanligim uchun yuzinggizga aytdim. Men sizga nima sababdan hafa ekanligimni aytdim. Chunki men bolaligimdan tanigan Sardor aka endi yo`q dedim. Siz ‘nimaga’, deb kuldingiz. Men aytdim, chunki, hozirgi Sardor aka ayollarni latta-puttasi, g`iybat bilan ish qilayotgan Sardor aka. Siz hayron bo`ldingiz, o`zingizni jinnilikka soldingiz. Lekin men haqiqatni aytdim. Haqiqatni aytganim uchun ham bu sizga juda ham tegib ketdi».
Bundan tashqari aktrisa Sardor Komilov ushbu gaplari uchun kerakli joyda javob berishini alohida ta`kidlab o`tgan:
«Bir necha bor ko`rsatuvlarga, loyihalarga taklif qilishdi. Ho`sh, men siz uchun hech kim ekanman nima uchun taklif qildingiz. Demak, loyihalaringiz menga zor ekanda. Lekin shu kungacha otkaz berib keldim. Sababi men chala erkaklarning ko`rsatuviga bormayman. Shunchalik yomon ekanman, sizni ham o`zingizga yarasha tarixingiz bor. Siz manerengizni yoqoting, erkak bo`ling! Haqiqiy erkak gapirsin menga! Ayol bo`lmang! Kerak bo`lsa tegishli joyda javob berasiz. Siz uchta harfsiz odamlar uchun, men uchun ham 3 ta harfsiz.
Qisib yurgin debsiz, qisib yurmayman. Hoxlasangiz isboti bilan. Qaytarib o`taman, kerakli joyda hammasi uchun javob berasiz! Shuncha yalindi yordamchilariz ko`rsatuvga chaqirib. Men bordimmi? Aslida siz men uchun bir tiyinsiz. Ho`p men yomon ekanman. Lekin qachonlardir loyihalaringizda qatnashganlarimda Luiza yaxshi ediku, to`g`rimi? Endi yomon bo`lib qoldimmi? Ozoda Nuraidovaning proektida siz menga singlim, boshlovchilik qilib bergin, oborib bergin shu loyihani deb aytganingizda men yo`q deganmanmi? Sizdan pul so`raganmanmi? O`sha vaqtda Luiza yaxshi edi, endi yomon bo`lib qoldimmi?», deydi aktrisa Luiza Rasulova.