AsosiyMadaniyat

"O`zi biladi, kimga nechаnchi xotin bo`lib tekkanini..." Luiza Rasulova Dilnoza Kubaeva unga o`rnak bo`la olmasligini aytdi

'"O`zi biladi, kimga nechаnchi xotin bo`lib tekkanini..." Luiza Rasulova Dilnoza Kubaeva unga o`rnak bo`la olmasligini aytdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, aktrisa Luiza Rasulova o`zining Instagram sahifasida jurnalist Sardor Komilovga murojaat qildi. Shuningdek, u bir qancha aktrisalar, jumladan, Dilnoza Kubaevani keskin tanqid qildi

Xabarga ko`ra, Luiza Rasulova Sardor Komilov unga qiyos qilib ko`rsatgan aktrisalar, jumladan, Dilnoza Kubaevani tanqid qilib, ular unga o`rnak bo`lolmasligini ta`kidlagan:

«Siz nimalar deb tashlamabsiz meni. Qanaqadir aktrisalarga qiyoslagansiz. Dilnoza Kubaeva yoki aytib o`tgan aktrisalaringizga meni qiyoslab o`tirmang. Ular men uchun ‘primer’ emas. Dilnoza Kubaevaga keladigan bo`lsak, o`zi biladi menga kim ekanligini, kim bo`lishimni va kimga nechchinchi xotin bo`lib tekkanini. Xohlasangiz intervyu qilib so`rab oling. Yana aytaman, menga ular ‘primer’ emas! O`rnak bo`ladigan insonlarni gapiring. Siz o`zingiz O`rnak emassiz. Avval pichoqni o`zingga ur, og`rimasa birovga. Yana ko`p aktrisalar haqida gapirgansiz. Ya`ni qiyoslab, xuddi ular gul men esa balchiqdan chiqqanman. Sanab o`tgan aktrisalaringizning birortasi 17–18 yoshli vaqtimda, sizning loyihalaringizga borib yurganimda umuman kelmagan, ciz bilasiz buni.

Qachondir ketini kovlab yurgan insonlaringizni hozir menga o`rnak qilib ko`rsatyabsizmi. Sizni hurmat qilmay qo`yganimning sababi ham shu. Chunki siz xotinlardan battarsiz, ulardan battar shallaqisiz. Ular bilan olishasiz, nimasinidir kovlaysiz, sizga kim qo`yibdi kovlashni. Qachonlardir Yulduz Usmonovaning ham yopiq taqdimotida ishtirok etganman, yig`lab men ham dardimni aytganman. O`sha yopiq taqdimotlarini o`tkizib, Yulduz opa yaxshi bo`lib yurgan payti, u bilan yaxshi bo`lib yurgan paytiz hamma yaxshi edi. Yulduz opa bilan ham urishdingiz-ku, kovlab kerakmas narsalarni aytingiz, vaholanki, o`sha inson jurnalistlar ichida bitta sizni tan olardi, siz o`sha insonni yaxshi ko`rib, hurmat qilardingiz».

Shuningdek, Luiza Rasulova unga o`rnak qilib ko`rsatilgan birorta aktrisa xalqqa yordam bermasligini, birortasining ham shaxsiy fondi yo`q ekanligini alohida ta`kidlab o`tgan.

«Meni foxshaga chiqarib qo`yibsiz. Siz menga qaysidir aktrisalarni o`rnak qilib ko`rsatmang. Ho`p, aytingchi menga o`rnak qilib ko`rsatgan qaysi bir aktrisalaringizning shaxsiy fondi bor? Qaysi biri odamlarga yordam ko`rsatmoqda? Hammasi o`zining cho`ntagiga uradi. Sanab o`tganlaringiz sipo kiyinib xalqqa yaxshi ko`rinishi mumkin, lekin ularning ham o`ziga yarasha tarixi bor. Menga ularni o`rnak qilib ko`rsatmang!» — deydi aktrisa.

    Boshqa yangiliklar