AsosiyMadaniyat

"Bugungi O`zbekiston kechagi O`zbekiston emas"

'"Bugungi O`zbekiston kechagi O`zbekiston emas"'ning rasmi

Taniqli sharqshunos-olimlar O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib o`tilgan tashabbuslarni yoqlab  chiqdi. Ular o`z sharhlarida bolalar va yoshlar siyosatini har tomonlama isloh qilish, ta`lim sifati va qulayligini oshirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish va albatta, mamlakatning madaniy merosini asrab-avaylash kabi tashabbuslariga alohida e`tibor qaratdi.

O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha Butunjahon jamiyati kengashi a`zosi, tarix fanlari doktori, professor, Sankt-Peterburg Islom madaniyati muzeyi direktori, Rossiya fanlar akademiyasi Antropologiya va etnografiya muzeyi ilmiy yo`nalishi rahbari Efim Rezvan, O`zbekiston rahbari ko`tarib chiqqan tashabbuslarning yuksak invonparvarlik ahamiyatini qo`yidagicha sharhlab o`tdi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo`llagan murojaatida qo`llagan, "Bugungi O`zbekiston kechagi O`zbekiston emas" degan iborasini, mehmondo`st o`zbek zaminiga tez-tez kelib turadigan har bir kishi yaxshi fahmlay oladi. Yangi O`zbekistonni barpo etishga qaratilgan islohotlarning natijalari bugun hamma joyda yaqqol ko`zga tashlanadi. Hech shubha yo`qki, aynan shu islohotlar, O`zbekistonga o`tgan yilgi og`ir sinovlarga qaramay, iqtisodiy o`sishning ijobiy sur`atlarini saqlab qolishga muvaffaq bo`lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlar qatoriga kirish imkonini berdi.

Prezident murojaatining ijtimoiy yo`nalishiga, jumladan, qabul qilingan qarorlarning samaradorligi, oshkoraligi, aniqligi va bajarilishining qat`iyligiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga, fuqarolik jamiyati ta`sirining sezilarli o`sishiga, bunday ta`sir vositalarining va institutlarini tashkil etish va ularni har tomonlama rivojlantirishga, puxta o`ylangan bolalar va yoshlar siyosatiga(kelajakka sarmoya!), ilm-fan va innovasiyaning ahamiyati hamma jabhalarda oshib borishiga e`tibor qaratmaslikning imkoni yo`q. Ma`lumki, bu erda gap dunyoga juda ko`p sonli atoqli olimlar, faylasuflar, shoirlarning yorqin siymolarini etishtirib bergan mamlakatda yangi Renessans davri poydevorini shakllantirish haqida bormoqda. O`z hayotini islom madaniyatini o`rganishga bag`ishlagan men kabi bir inson uchun Prezident murojaatining aynan ushbu qismi juda ham muhim ahamiyat  kasb etadi. Shu o`rinda, Toshkentda yangi zamonaviy universitet yaratish rejalari, aniqrog`i Markaziy Osiyo Xalqaro Institutining ochilishi haqida eshitish ham juda quvonarlidir.

Bugungi kundagi O`zbekistonning ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosati butun dunyoda e`tirof etilmoqda. Prezident mamlakat rahbarlari oldiga juda ulkan vazifalarni qo`ydi. Shu o`rnida aytib o`tish kerak, mamlakatning so`nggi yillarda to`plagan tajribasi ham ko`p millatli o`zbek xalqining O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini yangi yutuqlar bilan kutib olishiga bo`lgan ishonchini yanada kuchaytiradi.

O`zbekistonning ko`p asrlik tarixi va boy madaniyati Rossiyada doimo katta qiziqish uyg`otib kelgan va bugungi kunda kunda ham bu holat davom etmoqda. Kelayotgan yilda, Leningradda, ochlik va sovuq hukmron bo`lgan qamal paytida Alisher Navoiyning 500 yilligiga bag`ishlangan qator ilmiy tadbirlar tashkil etilganliga 80 yil to`ladi. O`sha paytda eng atoqli rus sharqshunoslari Neva shahrida yashab ijod qilishgan. 1941 yil 10 va 12 dekabr kunlari Ermitajda Navoiyxonlik kunlari bo`lib o`tdi. O`sha yil 29 dekabr kuni Sharqshunoslik institutida bo`lib o`tgan ilmiy sessiya ham buyuk shoir ijodi va hayotiga bag`ishlandi.

Akademik Orbeli Ermitajdagi mazkur uchrashuvni ochar ekan, shunday deydi: "Shahrimiz va butun mamlakatimiz boshidan kechirayotgan g`ayrioddiy bir davrda biz barcha xalqlarimizning madaniy hayotidagi muhim sanani nishonlash, buyuk shoir va ustoz Alisher Navoiyning abadiyatga muhrlangan nomini yod etish uchun favqulodda bir muhitda to`plandik. Dushmanlar allaqachon yakson bo`lgan va jonsiz shahar deb atayotgan, qurshovda qolgan, ochlik va sovuq hukmron bo`lgan shaharda shoirga ehtirom ko`rsatilishining birgina haqiqati bor, u ham bo`lsa yana bir bor odamlarning mardona ruhi, ularning engilmas irodasi, ilm-fanning insonparvar jihatlari abadiy o`lmas ekanidan dalolat beradi.." Shu payt boshlangan artilleriya hujumlari Orbelining nutqini to`xtatib qo`ydi, hamma yoq titrab ketdi, derazalar zirilladi, Nevadagi portlash juda yaqin bo`lib, muzli suv ustunini osmonga uloqtirdi, ammo yig`ilganlar bombadan saqlanish uchun qurilgan joyga tushishdan bosh tortdilar ...

Kelayotgan yilda, Xudo xohlasa, barcha qiyinchiliklarga qaramasdan O`zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda bir qator qiziqarli ilmiy, madaniy va ko`rgazmali loyihalari ustida ishlashni davom ettirishimiz uchun imkon yaratilishi men va hamkasblarim uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar