AsosiyJamiyat

"Va`da beramiz: butun boshli tizimni ishdan chiqaramiz. Yopiq qaror va farmoyishlaringiz sharmandalarcha tarqaladi". Surxondaryo hokimligi sayti xakerlar hujumiga uchradi

'"Va`da beramiz: butun boshli tizimni ishdan chiqaramiz. Yopiq qaror va farmoyishlaringiz sharmandalarcha tarqaladi". Surxondaryo hokimligi sayti xakerlar hujumiga uchradi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda rasmiy saytga kirishda yozib qoldirilgan murojaat o`z tasdig`ini bermoqda. 

Murojaat viloyat hokimi To`ra Bobolovga yo`llangan bo`lib unda: 

"Surxondaryo viloyati hokimi Bobolov To`ra Abdievichga biz quyidagilarni ma`lum qilamiz: AKT bo`limiga universitetni otasining puliga tugatgan "kattakon"larning bolasini emas, soha bo`yicha haqiqiy mutaxassislarni ishga oling. Biz butun hokimiyat tizimiga kirib bordik agar yaxshi mutaxassislarni e`tiborga olib, ularga qimmatli vaqtingizni ajratmasangiz, butun internetda sizning yopiq qaror va farmoyishlaringiz sharmandalarcha tarqaladi. Biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik. Siz bizdan emas, avvalo, yaratgandan qo`rqing, agar xodimlarni ishga olish tartibini o`zgartirmasangiz, biz sizga guruhimiz nomidan va`da beramiz: butun boshli tizimni ishdan chiqaramiz. AKT sohasiga e`tibor qaratishga majbursiz! Hammasi yaxshi bo`ladi yaratgandan qo`rqing va vijdoningizga quloq tuting! Yana ko`rishguncha!"- deya yozib qoldirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida biror munosabat bildirilmadi. 

 

    Boshqa yangiliklar