Ayni paytda Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Norboeva byudjet mablag`lari masalasida mahalliy hokimliklarni keskin tanqid qildi.
“Sarflab bo`lingan byudjetni hokimlar tasdiqqa olib kiryapti. Bu noto`g`ri. Mahalliy kengashlar bunga yo`l qo`ymasligi kerak. Umuman olganda, byudjetni ijroga yo`naltirishga ruxsat berish kerak”, deydi Senat raisi.
Tanzila Norboeva Respublika darajasida tartib-tamoyilga amal qilinib, mahalliy hokimliklarda esa, amal qilinmasligini keltirib o`tdi.
“Nega Respublika byudjeti bir tiyin mablag`ini Oliy Majlis quyi palatasi va Senat orqali tasdiqlanib, qonun sifatida Prezident tomonidan imzolanganidan keyin sarflay boshlaydi? Nega Respublika darajasida bu tartib-tamoyilga amal qilinadiyu, mahalliy hokimliklar esa bunga amal qilmaydi?”, deydi Norboeva.
Mavzuga doir:
"Qiynoq" masalasi O`zbekiston kun tartibidan chiqib ketishi kerak–Tanzila Norboeva