O`zbekiston Respublikasining 2021 — 2023 yillarga mo`ljallangan Investisiya dasturi tasdiqlandi.
Investisiya dasturida "UzAuto Motors" hamda yana 7 ta kompaniya tomonidan turli rusumdagi yangi avtomobillar ishlab chiqarilishi ko`zda tutilgan.
▫️"Navoi-Motors" (Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yo`l tanlamas, elektromobil, traktorlar;
▫️"Manas avto-sanoat" (Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda) —
yuk mashinalari;
▫️"Namangan Shangan motors" (BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda) — engil avtomobillar;
▫️"ADM Jizzakh" (Koreya eksimbanki ishtirokida) — Lada, Kia, Renault;
▫️"Auto Motors Asia" (Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda) — krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar;
▫️"Abbos-Eko Agro" (Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda) —
engil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari;
▫️"Hyundai Motor Uz Namangan" (Koreya kompaniyalari ishtirokida) — tijorat yuk avtomobillari.






