AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi

'O`zbekistonda 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekistondagi barcha maktablarda “Shaxmat sinflari” ochiladi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi. Bu haqda AOKAbo`lib o`tgan brifingda Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov ma`lum qildi.

“Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat byudjetidan 100 mlrd so`m miqdorida mablag` ajratiladi. Hozirda sport bilan doimiy shug`ullanish ko`rsatkichi 19% bo`lib, 2021 yil yakunigacha bu ko`rsatkich 25%ga etkaziladi”, – deydi Bosh vazir o`rinbosari.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yildan turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol bo`yicha “Charm to`p” Bosh vazir kubogi o`tkaziladi. Kelgusi yilda 916 km “Salomatlik yo`laklari” barpo etiladi.

Mahallalarda 500 ga yaqin stritbol maydoni, 355 ta badmentol maydoni, qo`shimcha ravishda 420 ta mini futbol maydoni, 350 ta ko`chada vorkaut maydonchasi quriladi.

70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bog`cha va 10 000 ta maktab jami 120 mlrd so`mlik birlamchi sport jihozlari bilan ta`minlanadi.

Boshqa yangiliklar