Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.
Joriy yilda 13 ta davlatdan 17 ta sport turi bo`yicha 23 nafar professional trener va mutaxassis taklif etilishi aytildi. Qo`mita raisi bo`lajak sport musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlariga ham to`xtalib o`tdi.
«O`zbekiston terma jamoalari sportchilari tomonidan Tokio Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga jami 110 ta lizensiya qo`lga kiritish rejalashtirilmoqda. Sport federasiyalari uyushmalariga shtat jadvallariga birinchi marta 18 ta shifokor, 18 ta dietolog, 17 ta massajchi va 16 ta psixolog kiritildi. 11 yanvardan boshlab, har bir tumanda 6 ta sport turi bo`yicha musobaqalar bo`lib o`tadi», dedi Rustam Shoabdurahmonov.