1

Android uchun 10 ta foydali dastur

Hi-tech 02.02.2016, 12:10
Android uchun 10 ta foydali dastur

Wi-Fi Passwords

Har safar yangi Wi-Fi tarmog`iga ulanish uchun ishlatadigan parollaringizni Android o`z xotirasida saqlab qoladi. Biroq uni ko`rmoqchi bo`lsangiz, mobil telefoningiz sizga faqatgina yulduzchalarnigina ko`rsatadi. Wi-Fi Passwords dasturi esa sizni bu muammodan xalos etadi. Uning yordamida parollarni ko`rish, boshqa telefonga o`tkazish kabi amallarni bajarishingiz mumkin.

7 Cups

Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda minglab do`stlaringiz bo`lishigna qaramay, o`zingizni yolg`iz his etyapsizmi? Siz bu borada yolg`iz emassiz. Kim bilandir yurakdan suhbat qurish, muammolaringiz haqida maslahatlashish, dillashishni istaysizmi? Unda 7 Cups dasturi aynan siz uchun! Bu o`ziga xos anonim klub bo`lib, siz bu erda istalgan vaqtda terapevt va faol tinglovchilardan ruhiy ko`mak va maslahat olishingiz mumkin.

Assistent Dusya

Mobil uskunalardagi ovozli yordamchilar-bizning haqiqiy do`stlarimizga aylangan, desak mubolag`a bo`lmaydi. Aynan shuning uchun ham Apple, Google va Microsoft kabi kompaniyalar mana shu hihatga keng e`tibor qaratmoqda. Biroq, Cortana, Google Now va Siri kabi ovozli dasturlar rus tilidagi ovozni unchalik yaxshi ilg`ay olmaydi. “Assistent Dusya” esa aynan rus tilidagi so`zlarni yaxshi ilg`ay oladi.  

GIF Live Wallpaper Setting

Bu dastur smartfoningiz ish stolini bezashda ko`maklashadi. GIF Live Wallpaper Setting smartfon ish stolini ya`ni ekranini GIF formatidagi istalgan animasion rasm bilan bezatish uchun mo`ljallangan.  Mazkur dasturga “Jonli” suratlardan birini tanlab bersangiz bas, smartfoningiz ekranida to`lqinlar jo`sh urib yoki yulduzlar charaqlab turadi.   

HERE Maps

HERE Maps dasturini Google Maps`ga haqiqiy raqobatchi desak, mubolag`a bo`lmaydi. Dasturning yangi ko`rinishida bir qancha yangiliklarni kuzatishimiz mumkin. Jumladan, jamoat transporti faoliyatida yaxshi mo`ljal olishini aytib o`tish mumkin. Xullas, Android uchun eng kerakli dasutrlardan biri bu mazkur oflayn xarita.

Movesum

Movesum— bu o`ziga xos qadam o`lchagich. Uning yordamida siz qancha masofani piyoda bosib o`tayotganingizni bilib borasiz. Bundan tashqari, siz iste`mol qilayotgan oziq-ovqatingizning miqdorini ham nazorat qilasiz. Buning uchun mazkur dasturda iste`mol qilingan taom miqdori qadamlar soni ko`rinishida namoyon bo`ladi. Shunday qilib, foydali dastur qo`shimcha ovqat tanovvul qilish, muzqaymoq va shunga o`xshash shirinlikdan tiyilishingiz kerakligini eslatib turadi.

Notepad

Har bir dasturchi o`z ish faoliyatini o`z variantidan ya`ni “bloknot”dan boshlaydi. Android uchun mo`ljallangan Notepad dasturini o`ziga xos bloknotga qiyoslash mumkin. Unda siz tashkilotlar to`g`risidagi ma`lumotlar tizimi, va boshqa yozuvlar, eslatmalarni saqlashingiz mumkin.

Snap Swipe Drawer

Android operasion tizimi ish stolidagi vidjetlar tezkor axborot almashish uchun mo`ljallangan. Ammo siz smartfonda biror bir amalni bajarayotgan paytingizda qolgan vidjetlar bilan ishlashda tezkorlik yo`qoladi. Snap Swipe Drawer dasturi esa hamma vidjetni bir joyga to`playdi. Uning yordamida bir vaqtning o`zida barcha vidjetning vazifasidan xabardor bo`lib turishingiz mumkin.

Mimicker Alarm

Bu dastur Microsoft Garage Project`ning yangi loyihasidir. Uni boy yumor hissiga ega insonlar o`ylab topgan. Mimicker Alarm aslida oddiy uyg`otgich. Ammo u uxlayotgan odam o`rnidan turib, u aytgan yuz qiyofasini gavdalantirmagunga qadar jiringlaydi. Uyg`otgich aktyorlik mahoratingizni ishga solib, u aytgan vazifani bajarmaguningizga qadar jiringlashdan to`xtamaydi.

ClearView Gestures

Mazkur dastur yordamida qorong`ulikda ham smartfoningiz ekranini bemalol boshqara olasiz. ClearView Gestures qorong`u paytda smartfon yonidagi tugmani bosganingizda zaruriy funksiyalar smartfon ekranida namoyon bo`ladi. Dastur bepul va reklamalardan xoli.

manba:lifehacker.ru

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1