poniya xalqi 2021 yilda Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari o`tkazilishiga qarshilik qilmoqda. Bu haqda “Kyodo” xabar bergan.
Manbaga ko`ra, yaponlarning 35 foizi Olimpiya o`yinlarini bekor qilishni, 45 foizi esa keyinga qoldirishni yoqlagan.
Ma`lumot o`rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari 2020 yilning yozida bo`lib o`tishi kerak edi, ammo musobaqalar pandemiya sababli, bir yilga qoldirilgan. Hozirda Olimpiya o`yinlarini 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o`yinlarini esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o`tkazish rejalashtirilgan.
Yaponiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 289 mingdan oshgan. 220 mingdan ko`p bemor sog`aygan. 3 ming 850 kishi vafot etgan.
Ta`kidlanishicha, Yaponiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2021 yil fevral oyidan oldin boshlanmaydi.