Eldor Shomurodov haqida italiyaning Gazzetta Dello Sport nufuzli nashri yozmoqda. Gazetaning navbatdagi sonida “Jenoa o`zining yangi Eldor..adosini topdi” sarlavhali maqola e`lon qilindi. Shuningdek sportchimizning Italiyadagi hayoti, O`zbekistonda uning faoliyatiga munosabat, natijalari, instagram sahifasi va yana bir qancha ma`lumotlar yozilgan. Eldorning debyuti Jenoada umid uyg`otmoqda. Uning yordamida Genuya klubi A Seriyada kurashni davom ettirmoqchi.
Darvoqe, Gazzetta vakillari O`zbekiston Futbol Assotsasiyasining Axborot xizmatiga murojaat qilib, Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdi. Hozirda Italiya futbol ommasi O`zbekiston futboli bilan yaqindan tanishmoqda.