1

“Men terrorchi emasman” filmi ijodkorlari bilan brifing bo`lib o`tdi

Madaniyat 13.01.2021, 16:00
“Men terrorchi emasman” filmi ijodkorlari bilan brifing bo`lib o`tdi

Toshkentda kino haftaligi davom etmoqda... Haftalikning uchinchi kuni “Men terrorchi emasman” filmi ijodkorlari bilan brifing tashkil etildi. Unda filmning ijodiy jamoasi, “O`zbekkino” MA rahbariyati, yosh kinoijodkorlar, kinoshunoslar, rejissyorlar, soha vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etishdi.  

Mazkur brifing avvalida "Film haqida film" nomli maxsus videorolik taqdim etildi. Ijodiy guruh filmning suratga olish jarayonlari, s`yomka vaqtida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, tasvirga olish ob`ektlari, rekvizitlar, ijodiy jamoaning mehnati haqida batafsil gapirib berishdi. “Men terrorchi emasman” filmi jamoasi kartinada tomoshabinga film orqali nimani targ`ib qilishni istagan bo`lsa, ular buning uddasidan chiqishganini alohida ta`kidlashdi.  Ayniqsa, filmda operatorlik ishi, kostyumer va grimyorning mahorati sabab haqiqiy terrorchilar yashaydigan muhit ochib berilgan.

-  Filmning suratga olish ishlari aslida boshqa davlatlarda amalga oshirilishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab terrorchilar yashaydigan muhitni o`zimizning yurtimizda maxsus pavilion qurib, filmda jangarilar hayotini aks ettirishga harakat qildik, - deydi film rejissyori Muhammadali Iskandarov.

Eslatib o`tamiz, 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan mazkur filmning harbiylar uchun ham maxsus namoyishi bo`lib o`tadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1