AsosiySport

Belarus futbol klubi O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi Shahzod Ubaydullaev bilan shartnoma tuzdi

'Belarus futbol klubi O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi Shahzod Ubaydullaev bilan shartnoma tuzdi'ning rasmi

Belarus chempioni—«Shaxtyor» futbol klubi O`zbekiston miliy terma jamoasi va Bekobodning «Metallurg» futbol klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullaev bilan shartnoma tuzganini e`lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA. 

Shahzod Ubaydullaev o`tgan yili «Metallurg» tarkibida O`zbekiston Superligasining 26 o`yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgan. Bundan tashqari Shahzod Ubaydullaev 2020 yilgi mavsumdan e`tiboran O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e`tiboriga tushdi. MTJning yig`inlariga jalb etilgan futbolchi uchta o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Shahzod O`zbekiston milliy terma jamoasidagi ilk o`yinini Tojikiston milliy terma jamoasi qarshi o`tkazib, bitta gol urgan.

 «Metallurg» tarkibidagi samarali o`yin uchun minnatdorlik bildiramiz va «Shaxtyor» tarkibida Belarus chempionati hamda xalqaro maydonlarda omad tilaymiz», - deb yozadi  «Metallurg» FK o`zining rasmiy telegram sahifasida.

 «Shaxtyor»  klubi o`tgan 2020 yil  mavsumida Belarus chempionligini qo`lga kiritib,  UEFA chempionlari ligasining saralash bosqichiga o`ynash huquqini qo`lga kiritgan.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili «Shaxtyor» sharafini o`zbekistonlik boshqa bir o`yinchi Jasur Yaxshiboev himoya qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar