Prezidentning 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4948-son qarori bilan Davronjon Kabildjanovich Adilov Qurilish vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Shu kunga qadar Qurilish vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Sherzod Hidoyatovning nomzodi bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan ko`rib chiqilib, ma`qullangan edi.