1

Yoshlar ijod saroyida "Men terrorchi emasman. O`limim tarixi" filmining namoyishi bo`lib o`tmoqda.

Madaniyat 14.01.2021, 17:57
Yoshlar ijod saroyida "Men terrorchi emasman. O`limim tarixi" filmining namoyishi bo`lib o`tmoqda.

Bayram munosabati bilan bugun Yoshlar ijod saroyida "Men terrorchi emasman. O`limim tarixi" filmining namoyishi bo`lib o`tmoqda.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Yoshlar ijodiyot saroyida «Yangi O`zbekiston va milliy kinematografiya» oyligi doirasida «O`zbek milliy kino san`ati haftaligi» bo`lib o`tmoqda.

Film «O`zbekkino» Milliy agentligi, «Mir Ali cinema» va «Iskandariy visual» kinokompaniyalari bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ko`magida suratga olingan yosh kino rejissyor Muhammad Ali Iskandarovning debyut filmi hisoblanadi. Unda terrorchilik guruhlariga qo`shilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.

-Bu film darhaqiqat real hayotiy voqelarga asoslangan. G`oyasi esa menga o`z o`zidan kelmadi. Maskva shahrida qadrdon do`stim bor. Men uni O`zbekistonga taklif qildim. U esa, men bilan sen yaxshi insonsan, biroq, men yurtingizga borishga qo`rqaman, dedi. Men unga bu noto`g`ri tushuncha ekanligini, bizdan aslo qo`rqish kerak emasligini tushuntirdim. Shundan so`ng men bu haqda film qilish kerakligi haqida o`yladim. Oradan bir qancha vaqft o`tib bir yaqin do`stimning uyida fojea sodir bo`lgan xaqida xabar topdim. Do`stimning aytishicha, ukasi to`g`ri yo`ldan adashib Rossiyada ishlayman deb, Suriya davlatining ekstremistik jangarilariga qo`shilib ketgan va u erda halok bo`lgan. Do`stimga ukasining o`limi haqidagi xabar juda kech etib kelgan. Bu voqea shu mavzuda film olishga yana bir turtki berdi.

Shuningdek, “Mehr” operasiyasida Suriyada xor bo`lib, og`ir axvolga tushib qolgan opa-singillarimiz, jajji ukalarmizning ona yurtimizga qaytarishgan jarayonlarini ham ko`rib ta`sirlandim. Shundan so`ng, men shu yo`nalishda izlanishni boshlab, davlat xavfsizlik xizmatlariga murojaat qildim.

Menga film olish uchun real voqealarga asoslangan materiallar, kadrlarni taqdim etishdi. Maqsadim yoshlarga terrorizmning mudhish mohiyati, uning insoniyatga qarshi jinoyat ekanligi hamda terrorizim din, yosh tanlamasligini butun dunyoga etkazish edi. Menga taqdim etilgan materiallardagi bir necha taqdirlarni badiylashtirib film qildim. Filmda bor haqiqatni faktlar bilan ko`rsatishga xarakat qilganman, degan Muhammad Ali Iskandarov Zamon.uz’ muxbiriga.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1