AsosiyJamiyat

5 oy avval Bektemir tumaniga hokim etib tayinlangan Jahongir Ibrohimov endi Yunusobod tumaniga rahbar bo`ldi

'5 oy avval Bektemir tumaniga hokim etib tayinlangan Jahongir Ibrohimov endi Yunusobod tumaniga rahbar bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining 2021 yil 14 yanvardagi 21-sonli qaroriga muvofiq, Ibrohimov Jahongir Bahodirovich Yunusobod tumaniga hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Ibrohimov Jahongir Bahodirovich 1982 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan. 2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.  

Jahongir Ibrohimov 2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari, 2020-2021 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar