“Xorazm san`at olami” guruhining ma`lum qilishicha, o`zbek mumtoz qo`shiqchiligining atoqli vakili, xorazmlik xonanda, “Dovudiy ovoz sohibi” Rahmatjon Qurbonov vafot etdi.
Rahmatjon Qurbonov 1959 yilda Xiva shahrida tavallud topgan. Xonandaning fidoyi mehnatlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist”, “Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist” faxriy unvonlari hamda “Mehnat shuxrati” ordeniga sazovor bo`lgan.
U “Lazgi” ansambliga rahbarlik qilgan. O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov bir necha risolalar, kitoblar, o`quv qo`llanmalarning muallifi hamdir.






