Namangan viloyatidagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarida soatli ish tartibi bekor qilindi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta`minoti filiali direktorining birinchi o`rinbosari O`tkirbek Mamadalievning ta`kidlashicha, bu havo haroratining ko`tarilishi va magistral gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi me`yorga keltirilganligi bilan bog`liq.
Namangan viloyatida ob-havoning keskin sovib ketishi sababli tabiiy gaz iste`molining ortishi hamda magistral gaz tarmoqda gaz bosimining pasayishi tufayli 2020 yil 7 noyabrdan vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.
Ma`lumot uchun, bugungi kunda viloyatda 100 ta avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasi faoliyat ko`rsatmoqda.